Bilmaysan
인도네시아어

Bilmaysan 가사

길이3:56
원문 언어인도네시아어
조회수442
Aa읽기 설정
글자 크기 18

원문 가사

ID
번역이 아직 없습니다. 원문 가사를 표시합니다.
Ketaver, sen baribir meni tushunmaysan Men senga kerakmas, shuni tan ola olsang bas Lek tan ololmaysan Va’dalar, yuragimni zabt etgan lablar Yolg‘onmidi ular? Men esa ishonar edim ularga. Nega? Chunki seni sevardim jonimdan ortiq Ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, shartlaringga ko‘nib Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim Sen buni bilmaysan, nega? Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding? Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim Sen buni bilmaysan yana! Balki sen ham meni sog‘ingandirsan? Shunday deb o‘zimni har kun ovutaman Sen buni bilmaysan, nega? Chunki seni sevardim jonimdan ortiq Ko‘zlarim ko‘r bo‘lib, shartlaringga ko‘nib Sen ketding-u, keyin qanchalar qiynaldim Sen buni bilmaysan, nega? Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding? Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim Sen buni bilmaysan yana! O‘tar kunlar, armonga yengilgan yillar Nahot sevgim xazon, orzularim yakson Voz kecholding oson? Yog‘ganda yomg‘irlar, eslab meni qiynar Men seni unutdim o‘ksinib tunlar Ko‘zda yosh qolmadi, umidlarim so‘ndi Sen buni bilmaysan, nega? Yuz o‘girib mendan kimni tanlab ketding? Sevgim qadrin bilmay, ko‘zim yoshlab ketding Yolg‘iz suyanganim, senga ishongandim Sen buni bilmaysan yana!

관련 가사